TIROSNAB №100

Тироснаб 100
149000,00
UZS
TIROSNAB - qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish va davolash uchun yod preparati. Yod qalqonsimon bez gormonlarining (qalqonsimon gormonlar) bir qismi bo'lib, ko'plab hayotiy muhim funktsiyalarni bajaradi, shu jumladan organizmdagi oqsillar, yog'lar, uglevodlar va energiya almashinuvini, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, jinsiy va sut bezlari faoliyatini tartibga soladi hamda bolaning o'sishi va rivojlanishi ro'l o'ynaydi. TIROSNAB organizmdagi yod tanqisligini to'ldiradi, yod tanqisligi kasalliklari rivojlanishining oldini oladi, qalqonsimon bez faoliyatini normallashtirishga yordam beradi, bu bolalar, o'smirlar, shuningdek, homiladorlik va laktatsiya davrida muhim ahamiyatga ega.

Chiqarilish shakli: tabletka, 100 dona

Chiqarilish shakllari: Tabletkalar

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Tarkibi
Qo‘llash usuli va dozalash
Qarshi ko‘rsatmalar

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar

  • Endemik buqoq oldini olish (bolalar, o'smirlar, homiladorlik va emizish davrida)
  • Yod tanqisligi buqoqni terapevtik davolashdan keyin relapslarning oldini olish
  • Yod tanqisligidan kelib chiqqan diffuz eutireoid buqoqni davolashda

Tarkibi

Kaliy Yod 200 mkg

Qo‘llash usuli va dozalash

  • Ichga qabul qilish orqali qo'llaniladi, suv bilan
  • Ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin
  • Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar : 0,5 - 1 tabletkadan kuniga 1 maxal
  • 12 yoshgacha bo'lgan bolalar : 0,5 tabletkadan kuniga 1 maxal
  • Xomiladorlik va laktatsiya davri : 1 tabletkadan kuniga 1 maxal

  • Qabul qilish muddati: profilaktik qabul qilish bir necha yil davomida amalga oshiriladi,
  • agar ko'rsatmalar mavjud bo'lsa - hayot davomida qabul qilinadi
  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda buqoq davolash uchun o'rtacha 2 dan 4 haftagacha
  • Mutaxassis maslahati tavsiya etiladi

Qarshi ko‘rsatmalar

  • Gipotireoz, preparat komponentlariga shahsiz o'zlashtira olmaslik
Made on
Tilda