PLANTOFER 200МЛ

ПЛАНТОФЕР
67500,00
UZS
Plantofer organizmda gemoglobin, mioglobin va ko‘plab fermentlar tarkibiga kiruvchi temir mikroelementi tanqisligini to‘ldiradi, natijada qondagi gemoglobinning normal darajasi tiklanadi.
Plantofer «B» guruhi vitaminlari, jumladan foliy kislotasi (vitamin B9), sianokobalamin (vitamin B12) tanqisligini ham qoplaydi. Bu vitaminlar eritrotsitlar shakllanishi va aminokislotalar sintezi uchun zarurdir. Eritropoezni normallashtirishga yordam beradi.
Plantofer preparati bilan davolash jarayonida asta-sekin quyidagi klinik simptomlar kamayadi: holsizlik, charchoq, bosh aylanishi, taxikardiya, terining qurishi va og‘riqli bo‘lishi. Immunitetni mustahkamlaydi.

Chiqarilish shakli: sirop, flakonda 200 ml

Chiqarilish shakllari: Sirop

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Tarkibi
Qo‘llash usuli va dozalash
Qarshi ko‘rsatmalar

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar

Dori o‘simliklari asosidagi sirop, turli etiologiyali kamqonlikni oldini olish va davolash uchun
• Temir tanqisligi kamqonligi
• B9 vitamini tanqisligi kamqonligi
• B12 vitamini tanqisligi kamqonligi
• Organizmda temir o‘zlashtirilishining buzilishi

Tarkibi

O'simlik ektraktlari Qora zira (Nigella sativa) \n - Zirk (Berberis)
- Za'faron (Crocus)
Mikroelementlar Fe (Temir) - 2000 mkg
Zn (Sink) - 2 mg
Se (Selen) - 3 mg
Mg (Magniy) - 2 mg
Ca (Kaltsiy) - 14 mg
K (Kaliy) - 16 mg
Cu (Mis) - 3 mkg
P (Fosfor) - 8 mg
Vitaminlar B1 - 5 mkg
B4 - 6 mg
B9 - 2 mg
E - 8 mcg
β-каротин - 4 mg
B2 - 4 mkg
B6 - 6 mkg
PP - 8 mg
K - 16 mg

Qo‘llash usuli va dozalash

• Ichga qabul qilish orqali qo'llaniladi
• Ovqatlanish oldidan 20-30 minut oldin yoki ovqatdan 60 minutdan so'ng
• Kattalar : 5-10 ml dan (1 - 2 choy qoshiq) kuniga 2-3 maxal
• Bolalar: 2,5-5 ml dan (0,5 - 1 choy qoshiq) kuniga 2 maxal
• Davolash kursi anemiyaning og'irligiga qarab 1 oydan 2 oygacha

Qarshi ko‘rsatmalar

• Preparat komponentlariga shahsiy o'zlashtira olmaslik
• Maxsus ko'rsatmalar: preparatni qabul qilishda sho'r va achchiq ovqatlarni, shuningdek gazlangan ichimliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi
• Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri: polivitaminlar bilan birgalikda qabul qilish tavsiya etilmaydi
• Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi: homiladorlik va emizish davrida berilishi haqida ma'lumot yo'q
Made on
Tilda