Preparatning farmakologik samarasi uning tarkibidagi komponentlarning majmuaviy ta’siri bilan bog‘liq. XONDROFORS tarkibidagi xondroitin sulfat glikozaminoglikan hisoblanadi, tog‘ay to‘qimasi tarkibidagi aggrekan molekulasining bir qismi bo‘lib, gigaluron kislotasi va proteoglikanlar hosil bo‘lishini tezlashtiradi, bo‘g‘im suyuqligining moylash xususiyatlarini yaxshilaydi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va proteolitik fermentlar faolligini kamaytiradi. Glyukozamin sulfat tog‘ay to‘qimasi metabolik jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bo‘g‘im sumkasi o‘tkazuvchanligini oshiradi, xondrositlarda fermentativ jarayonlarni tezlashtiradi. Xondroitin sulfat xondroitinsulfat va oltingugurt birikmalarining hosil bo‘lishida qatnashadi, suyak to‘qimalarida kaltsiy tuzlarini to‘planishini tartibga soladi, bo‘g‘imlarda degenerativ-distrofik jarayonlarni kamaytiradi. XONDROFORS bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi, harakatchanlikni yaxshilaydi, suyak to‘qimalarining minerallashuvini oshiradi va ularning tiklanishini tezlashtiradi.
Chiqarilish shakli: tabletkalar, 1200 mg. Flakonda 30 dona tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylangan.
Chiqarilish shakllari: Tabletkalar
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Состав
Qo‘llash usuli va dozalash
Qarshi ko‘rsatmalar
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi degenerativ-distrofik kasalliklarida Osteoartroz I–III bosqichlarida Osteoxondroz va osteoporozning oldini olish va kompleks davolashda
Состав
Glyukozamin sulfat 300 mg
Xondroitin sulfat 120 mg
Kaltsiy karbonat 400 mg
Xolekaltsiferol (vitamin D3) 200 ME
Yordamchi moddalari: shakar kukuni, kraxmal, kaltsiy stearati.
Qo‘llash usuli va dozalash
Og‘iz orqali, ovqatlanish vaqtida yoki undan so‘ng 1 stakan suv bilan qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga: dastlabki 3 hafta davomida kuniga 1–2 tabletkadan, keyingi haftalar va oylar davomida kuniga 2 mahaldan 1 tabletkadan. Davolash kursi: 4 oydan 6 oygacha. Mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.
Qarshi ko‘rsatmalar
Ba’zi hollarda allergik reaksiyalar, meteorizm, diareya, qabziyat, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Preparat komponentlariga individual toqatsizlik, og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Saqqlash sharoiti: yorug‘likdan himoyalangan joyda, +2°S dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda, nisbiy namligi 70% gacha bo‘lgan joyda saqlansin. Bolalar qo‘la olmaydigan joyda saqlansin.